
Go‘zal Anastasiya raqibiga bor yo‘g‘i ikki marotaba imkon berdi
Avstraliyada ayollar o‘rtasida o‘tayotgan "Brisbane International" turnirida chorak finalda ishtirok etadigan tennischilar aniqlanmoqda.
Ushbu musobaqada latviyalik Anastasiya Sevastova hamda britaniyalik Xerriet Dart o‘zaro ikkinchi davrada to‘qnash keldi. Mazkur bahsda Anastasiya raqibini 6:2, 6:0 hisobida taslim qildi.
Endi Brisbenda o‘tkazilayotgan turnirning chorak finalida Sevastova yaponiyalik Naomi Osakaga qarshi raketkasini ko‘taradi.
Fikrlar