
Gonsalo Iguain Milanga etib keldi
Mahalliy matbuotda yozishlaricha, Iguain bugun tongda yangi jamoasi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va shundan so‘ng uning "Milan" a’zosiga aylangani rasman e’lon qilinadi.
Ilgariroq, "Milan" va "Yuventus" o‘zaro 3 futbolchini ayirboshlashga kelishani borasida xabarlar tarqalgan edi. Unga ko‘ra, Leonardo Bonuchchi "Yuventus"ga qaytadi, Iguain va Mattia Kaldarlar esa aksincha, "Milan"ga ko‘chib o‘tishadi.
Bonuchchi va Kaldarlar uchun har ikkala jamoa bir-birlariga hech qancha mablag‘ to‘lamasligi ayon bo‘ldi. Faqat "rossonerilar" argentinalik forvardning bir yillik ijarasi uchun "keksa sinora"ga 18 mln evro to‘lashiga to‘g‘ri keladi.
Fikrlar