
Golovkin sobiq jahon chempionini Las-Vegasda sinovdan o‘tkazadi
O‘rta vazn toifasining WBA, WBC va IBF chempionlik kamarlari sohibi qozog‘istonlik Gennadiy Golovkin sentyabrda o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi.
Uning ushbu jangdagi raqibi meksikalik Saul Alvares bo‘ladi. Jang Las-Vegasda tashkil qilinadi, deya xabar beradi Alvaresning so‘nggi promouteri Oskar de la Xoyya.
16 sentyabda o‘tishi kutilayotgan bellashuvni qabul qilishga “T-Mobile Arena”si mezbonlikka asosiy da’vogar bo‘lib turibdi. Shuningdek, “Dallas Kovboyz” va “Los-Anjeles Dojers”, “Medison Skver Garden” stadionlari ham uni qabul qilishga tayyorligini ma’lum qilishgan.
Fikrlar