
Gibraltar terma jamoasi tarixiy g‘alabaga erishdi
"Vazgen Sarkisyan" stadionida kechgan bellashuvda mehmonlar 1:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Uchrashuvdagi yagona gol 50-daqiqada Chipolina tomonidan penaltidan kiritildi.
Bu Gibraltarning rasmiy o‘yinlarda erishgan dastlabki g‘alabasi bo‘ldi. Bugungi uchrashuvgacha mazkur jamoa 22 ta o‘yin o‘tkazib, faqatgina ikkita o‘rtoqlik bellashuvida zafar quchgan edi.
Fikrlar