Filipe Luis: Faoliyatimni "Atletiko"da yakunlamoqchiman

  • 22 yanvar, 2019, 11:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Atletiko" klubi himoyachisi Filipe Luis kelajak faoliyati borasida to‘xtalib o‘tdi.

Tecno

“Mening “Atletiko” bilan amaldagi shartnomam yozda o‘z nihoyasiga etadi. “Chelsi”dan “Atletiko”ga qaytgan paytim faoliyatimni aynan Madridda yakunlashni xohlaganman. Faoliyatimni yakunlaganimdan so‘ng esa klub tuzilmasida ishlamoqchiman. Biroq, futbolda hammasi tez-tez o‘zgarib turadi. Umid qilamanki men “Atletiko”da yana 2-3 yil o‘ynayman, shundan so‘ng faoliyatimni tugataman. Lekin hammasi rahbariyatga bog‘liq”, - deydi braziliyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq 33 yoshli futbolchi yozda “Atletiko”dan ketishi va unga "Milan", "Yuventus" va "Inter" klublaridan qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. U joriy mavsum “matraschilar” safida jami 17ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2ta gol va 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!