Farg‘onada naslli otlarni etishtiruvchi majmua ochildi

CHERY AUTO

Farg‘ona viloyati Quvasoy shaxrida har tomonlama muhtasham milliy qorabayir naslli otlarni ko‘paytirish va boqish uchun mo‘ljallangan zamonaviy majmua ochildi. O‘zbekiston ot sporti federatsiyasidan ma’lum qilishlaricha, bu erda asosan harbiylar va “Vatanparvar” tizimi xodimlari uchun otlar tayyorlanadi. 

Tecno

Majmua 2,5 gektar maydonda joylashgan. Bu erda zamonaviy drenaj tizimiga ega ochiq va yopiq manejlar, sollyariy barcha kerakli jihozlar bilan ta’minlangan. Bunday inshootlar uchun sifatli “qum” juda muhim. Maydon Navoiy viloyati “Jeroy”dan keltirilgan kvarts qumi bilan qoplangan. Demak, majmua nafaqat milliy, balki halqaro darajadagi musobaqalarni tashkil qilishni istagan mehmonlarni qabul qila oladi.

Uchta otxonaning biri yosh yilqilar uchun mo‘ljallangan, bu erda otlarni sifatli parvarish qilish uchun barcha qulayliklar mavjud. Og‘ilxonadagi sug‘orgich, oxur va boshqa barcha jihozlar chet eldan keltirilgan. Sport o‘yinlari uchun to‘siqlar mamlakat korxonalari tomonidan halqaro standartlarga mos ravishda ishlab chiqarilgan.

Ajoyib jonivorlarning majmua xududida qulay sharoitda bo‘lishi uchun bu erda maxsus basseyn va qumli ot yo‘rttirgich bor, bu esa bo‘lajak “harbiy otlar”ga doimo yaxshi ko‘rinishda qolishlariga ko‘maklashadi.

Jonivorlarning salomatligini kuzatish ham qiyinchilik tug‘dirmaydi, chunki bu erda barcha kerakli jihozlar (UZI apparati va qon tahlili shular jumlasidan) bilan ta’minlangan laboratoriya mavjud.
Ochiq manej atrofida 180 o‘rinli tribuna va oltita shiyponcha joylashgan, u erdan maydonning ajoyib ko‘rinishi ochiladi.

“Vodiy Tulporlari” majmuasi qurilishi “Kvarts” AJ mablag‘lari evaziga amalga oshirildi. Aktsionerlik jamiyati mutaxassislari ot majmuasi imkoniyatlarini kengaytirishni, faoliyat jarayoniga etakchi ish usullarini tadbiq qilishni niyat qilishgan. Masalan, yaqin kelajakda majmuadagi otlar O‘zbekistonning ajoyib go‘shalari bo‘ylab sayohatlarida sayyohlarga xizmat ko‘rsatishga tayyor bo‘lishadi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Z. Mirzaev va Farg‘ona viloyati xokimi Sh. G‘aniev ishtirok etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!