
Faqatgina Abdulla Tangrievga tan bergan engilmas polvon Toshkentga kelmoqda
Joriy yilning 6-9 oktyabr kunlari Toshkent shahrida dzyudo bo‘yicha Gran-pri musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Xalqaro dzyudo federatsiyasi taqvimidan joy olgan musobaqada dunyoning eng kuchli sportchilari ishtirok etishi kutilmoqda.
Ayni paytda yigirmata davlatdan 200 nafardan ziyod sportchi Toshkendagi Gran-pri turnirida qatnashish uchun ro‘yxatdan etdi. Ishtirokchilarni ro‘yxatga olish 15 sentyabrga qadar davom etishi bois, bu ko‘rsatkich yana oshishi kutilmoqda.
SPORTS.uz axborot portaliga ma’lum bo‘lishicha, Toshkentga dzyudo olamining eng nomdor vakili Teddi Riner ham keladi. Frantsiyalik dzyudochi bundan o‘n yil muqaddam 18 yoshligida jahon chempionligiga sazovor bo‘lgan. O‘zbekistonning mashhur polvoni Abdulla Tangriev Teddi Rinerni mag‘lub etgan birinchi dzyudochi sifatida tarixdan joy olgan. Buni raqibning o‘zi ham tan olgan. Riner faoliyati davomida faqat ikki marotaba mag‘lub bo‘lgan.
Teddi shu kunga qadar ikki karra Olimpiya o‘yinlari, to‘qqiz karra jahon chempioni, besh karra Evropa chempioni bo‘lgan.
Bu sportchi Toshkent Gran-prisida ishtirok etishi kutilmoqda.
Fikrlar