
Falkao ertaga "Bryugge"ga qarshi o‘yinda maydonga tushmasligi mumkin
"Monako" klubi forvardi Radamel Falkao Chempionlar ligasining guruh bosqich 3-turidan o‘rin olgan "Bryugge"ga qarshi bahsni o‘tkazib yuborishi mumkin.
L'Equipe nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 32 yoshli kolumbiyalik futbolchining son mushaklarida kichib jarohat mavjud. Shu bois uning ertangi o‘yinda ishtirok etmasligi haqiqatga yaqinroq.
Eslatib o‘tamiz, "Bryugge" - "Monako" uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan 21:55da boshlanadi.
Fikrlar