
Fakt: "Nasaf" 4 yildan buyon "Bunyodkor"ni Qarshida enga olmaydi
O‘zaro uchrashuvlarga oid
Shu paytgacha chempionatda bu ikki jamoa 23 marotaba kuch sinashishgan. O‘tkazilgan o‘yinlarning 12 tasida “Bunyodkor”ning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, 8 uchrashuvda kuchlar teng kelgan. “Nasaf” futbolchilari 3 o‘yinda g‘alaba nashidasini surishgan. To‘plar farqi – 13:32 “qaldirg‘ochlar” foydasiga.
Birinchi davrada bo‘lib o‘tgan o‘zaro uchrashuvda “Bunyodkor” g‘alaba qozongan edi.
Qarshidagi uchrashuvlarga oid faktlar
“Nasaf” va “Bunyodkor” jamoalari Qarshida bungacha 11 bor kuch sinashishgan. Shundan 2 tasida “ajdarlar” g‘alabaga erishishgan. “Bunyodkor” esa Qarshidan 3 marta uch ochko bilan qaytgan. Qarshidagi 6 uchrashuvda o‘zaro durang qayd etilgan. Uchrashuvlarda darvozalarga jami 12ta to‘p kiritilgan. To‘plar nisbati bo‘yicha hozircha tenglik - 6:6.
“Nasaf”ning o‘zaro o‘yinlarda “Bunyodkor" ustidan qozongan eng yirik g‘alabasi – 2:0 ga teng. “Bunyodkor”ning yirik g‘alabasi esa – 5:0.
“Nasaf” so‘nggi bor “Bunyodkor”ni Qarshida 2014 yili mag‘lub etgan. “Bunyodkor” jamoasi esa Qarshida o‘tgan yili g‘alabaga erishgan. Bu uchrashuv taqdirini penaltidan kiritilgan yagona gol hal qilgan.
Qarshida o‘tgan so‘nggi besh uchrashuv natijalari:
18.08.2017. “Nasaf” – “Bunyodkor” 0:1
28.05.2016. “Nasaf” – “Bunyodkor” 1:1
26.10.2015. “Nasaf” – “Bunyodkor” 0:0
19.05.2014. “Nasaf” – “Bunyodkor” 2:0
03.11.2013. “Nasaf” – “Bunyodkor” 1:0
Ayni paytda “Nasaf” 26 ochko bilan turnir jadvalining 8-pog‘onasida bormoqda. “Bunyodkor” jamoasi hisobida 36 ochko bor va turnir jadvalining 3-pog‘onasini egallab turibdi.
Bo‘lajak uchrashuvda qarshiliklarga Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan uch nafar futbolchi yordam bera olishmaydi. Shuningdek “Bunyodkor” jamoasi tarkibida ham shunday to‘rt nafar futbolchi "Nasaf"ga qarshi uchrashuvda maydonga tushmaydi.
Fikrlar