
Fabregasning qaysi jamoaga o‘tishi ma’lum bo‘ldi
Londonning "Chelsi" klubi yarim himoyachisi Sesk Fabregas faoliyatini davom ettiradigan jamoani tanladi.
L'Equipe nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 31 yoshli ispaniyalik futbolchi mavsumni “Monako”da yakunlaydi. Ushbu transfer joriy hafta amalga oshiriladi. Ta’kidlash kerakki, monakoliklarning ayni damdagi holati u qadar yaxshi emas. Ular Frantsiya chempionati musobaqa jadvalida 19-o‘rinda borishmoqda.
Qayd etish lozimki uning aynan monakoliklar safiga borib qo‘shilishi “Arsenal”dagi sobiq jamoadoshi Terri Anri bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Boisi, Anri hozirda “Monako” bosh murabbiyi hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Fabregasga "Valensiya" va "Milan" klublaridan ham jiddiq qiziqishlar mavjudligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar