
Fabregas yaqin kunlarda "Chelsi"dan ketadi
Londonning "Chelsi" klubi yarim himoyachisi Sesk Fabregas qishki transferlar davrida jamoadan ketadi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.
Eslatib o‘tish lozimki, bundan avvalroq 31 yoshli ispaniyalik futbolchiga "Milan", "Valensiya" va "Atletiko"dan jiddiy takliflar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Fabregas “Chelsi” safida 2014 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum 5ta o‘yinda ishtirok etdi.
Fikrlar