
Fabregas faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin
"Milan" klubi Londonning "Chelsi" klubi yarim himoyachisi Fransesk Fabregasga qiziqish bildirmoqda.
SportMediaset nashrining xabar berishicha, Italiya klubi 31 yoshli ispaniyalikning ko‘chib o‘tishi uchun 8 million evro sarflashni rejalashtirmoqda, londonliklar esa ushbu transfer uchun 12 million talab qilishmoqda.
Shu qatori, "rossonerlar" Fabregas bilan yangi shartnoma bo‘yicha bir qarorga kelishgani yo‘q. Xavbek 3 yillik shartnoma va yiliga 6 million evro daromad topishni talab qilmoqda, "Milan" esa 2,5 yillik shartnoma hamda bir yilga 4,5 million evro taklif qilishmoqda.
Franseskning "Chelsi" bilan shartnomasi 2019 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar