
Fabregas Evropa ligasining ilk bahsida "Chelsi"ga yordam bera oladi
Londonning "Chelsi" klubi yarim himoyachisi Sesk Fabregas tizzasidan olgan jarohatidan tuzalib, safga qaytdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra 31 yoshli ispaniyalik futbolchi jamoaning umumiy guruhida hech qanday cheklovlarsiz to‘liq shug‘ullanmoqda. Mavsum startini o‘tkazib yuborgan Fabregas yaqinlashib kelayotgan o‘yinlarda “aristokratlar”ga yordam berishi mumkin.
Ma’lumotlarga qaraganda Fabregas katta ehtimol bilan 20 sentyabr kuni UEFA Evropa ligasi guruh bosqichining ilk turida PAOKga qarshi o‘yinda maydonga tushadi.
Fikrlar