Fabregas "Chelsi"ni tekinga tark etishi mumkin

  • 11 sentabr, 2018, 14:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Chelsi” klubi yarim himoyachisi Sesk Fabregas joriy mavsum yakunlangach jamoani erkin agent sifatida tark etishi mumkin.

Tecno

Berilgan ma’lumotlarga qaraganda “aristokratlar” 31 yoshli ispaniyalik futbolchi bilan 2019 yilning yozida yakuniga etadigan amaldagi shartnomani uzaytirishmoqchi emas. Ta’kidlash kerakki, ayni damda Fabregasning xizmatlariga “Milan” va “Inter” klublaridan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda. Har ikkala jamoa ham tajribali futbolchini qishki transferlar davridayoq o‘z saflariga qo‘shib olishni rejalashtirishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Fabregas “Chelsi” safida 2014 yildan buyon to‘p surib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!