FOTOREPORTAJ: Temiryo‘lchilar ham koptok tepishdi

CHERY AUTO

 

Tecno

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aktsiyadorlik jamiyati tasarrufidagi korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika kengashi kubogi uchun musobaqa bo‘lib o‘tdi. Temiryo‘lchilar deyarli bir oy davomida qiziqarli va murosasiz kurashlarga boy bo‘lgan o‘yinlarga guvoh bo‘ldi. Futbol musobaqasining “Xotira va qadrlash kuni” arafasida o‘tkazilishi ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otdi.

Musobaqaning final bosqichida Quyuv mexanika zavodi” hamda “Toshkent metropoliteni” jamoalari g‘oliblik uchun maydonga tushdi. Raqiblarini 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan jamiyat sportchilari Respublika Kengashi kubogi sovrindori bo‘ldi. 2-o‘rin esa “Toshkent metropoliteni jamoasiga nasib etdi. 3-o‘rinni esa “Aloqa va signalizatsiya boshqarmasi” egalladi.

O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transporti quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Toirxon Nurillaev g‘olib va sovrindorlarni qimmatbaho sovg‘alar hamda diplom bilan taqdirladi. G‘olib jamoa – “Quyuv mexanika zavodi” aktsiyadorlik jamiyati a’zolari Samarqand shahriga sayohat yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!