
FIFA JCh-2018ning eng hujumkor va eng ko‘p pas bergan jamoasini aniqladi
FIFA ayni damda Rossiya yashil maydonlarida davom etayotgan JCh-2018dagi eng hujumkor va eng ko‘p pas bergan terma jamoalarni aniqladi.
Unga ko‘ra turnirni chorak finaldayoq tark etgan Braziliya terma jamoasi 292ta hujum bilan mundialning eng hujumkor jamoasi nomiga sazovor bo‘lgan.
Nimchorak finalda Rossiyaga mag‘lub bo‘lib uyiga ravona bo‘lgan Ispaniya terma jamoasi esa 3120ta pas bilan eng ko‘p pas bergan jamoa sifatida tan olindi.
Fikrlar