Evropa ligasi. Super kambekni amalga oshirgan "Zenit" pley-offga yo‘l oldi

  • 17 avgust, 2018, 04:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bundan biroz avval Sankt-Peterburgda UEFA Evropa ligasi saralashining 3-raundida o‘rin olgan “Zenit” hamda Minskning “Dinamo” klublari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga etdi.

Tecno

Qiziqarli va gollarga boy kechgan o‘yinda piterliklar 8:1 hisobida g‘alaba qozonishdi va navbatdagi bosqichga yo‘l olishdi. Eslatib o‘tish lozimki, “Dinamo” o‘z maydonida o‘tkazilgan dastlabki o‘yinda “Zenit”ni 4:0 hisobida taslim etgan edi.

"Zenit" – "Dinamo" Minsk – 8:1

Gollar: Paredes, 22 – 1:0. Noboa, 66 – 2:0. Dzyuba, 75 – 3:0. Dzyuba, 78 – 4:0. Yaxayya, 99 – 4:1. Driussi, 108 – 5:1. Dzyuba, 115, (penaltidan) – 6:1. Mak, 120+2, (penaltidan) – 7:1. Mak, 120+3 – 8:1.

"Zenit": Lunev, Anyukov, Ivanovich, Mevlya, Nabiullin (Zabolotnyy, 59), Noboa (Smolnikov, 103), Paredes, Kuzyaev, Eroxin (Mak, 102), Ernani (Driussi, 61), Dzyuba.

"Dinamo": Gorbunov, Begunov, Shvetsov, Galovich, Shitov, Yaxayya, Ivanov (Makas, 65), Trebotich (Navalovskiy, 72), Rosha (Gavrilovich, 92), Korzun, Xvaщinskiy (Kaplenko, 55).

Chetlatish: Paredes, 72 – Shvetsov, 120+1.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!