
Ernesto Valverde: "Barselona"ning maqsadi - barcha musobaqalarda g‘olib chiqish
Kataloniyaning "Barselona" klubi bosh murabbiyi Ernesto Valverde kecha "Real"ga (0:3) qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Garchi birinchi bo‘limda ko‘plab imkoniyatlarimiz amalga oshmagan bo‘lsada, ikkinchi bo‘limda yaxshi o‘ynadik. Chunki, 0:0 hisobi bizni qanoatlantirmas edi. Albatta, “Santyago Bernabeu”da o‘ynayotganimiz bizni yanada ruhlantirdi. Qolaversa, “Real” futbolchilari ham “Kamp Nou”ga xuddi shunday kayfiyatda kelishadi.
Maqsadimiz – barcha musobaqalarda g‘olib chiqish. Buni muxlislar va “Barselona” tarixi talab qiladi”, - deydi Valverde.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” ikki o‘yin natijasiga ko‘ra “Real”ni 4:1 hisobida mag‘lub etib, Ispaniya kubogi finaliga yo‘l oldi. Endi ular finalda “Betis” hamda “Valensiya” juftligi g‘olibi bilan kuch sinashishadi.
Fikrlar