Eriksen uchun yana bir da’vogar paydo bo‘ldi

  • 23 noyabr, 2018, 09:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Tottenxem" klubi yarim himoyachisi Kristian Eriksenga endi PSJdan ham jiddiy qiziqishlar paydo bo‘la boshladi. Bu haqda Sun Sport nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra parijliklar 26 yoshli daniyalik futbolchi uchun kurashda “Real” bilan raqobatlashishga tayyor. O‘z navbatida Eriksen ham “shporlar” bilan shartnomasini uzaytirishga shoshilmayapti. Uning amaldagi kelishuvi 2020 yilda o‘z nihoyasiga etadi.

Ma’lumot uchun, Eriksen joriy mavsum “Tottenxem” safida jami 13ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!