Engil atletikachilarimiz Osiyo chempionatida ishtirok etadi

CHERY AUTO

Bugun engil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Eronning Tehron shahrida o‘tkaziladigan yopiq injootlardagi Osiyo chempiontida ishtirok etish uchun jo‘nab ketdi.

Tecno

1-3 fevral kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan mazkur musobaqada qit’amizning 23 davlatidan 300 nafardan ortiq atletlar 26ta medallar jamg‘armasi uchun bahslashadi.

Musobaqada 60, 400, 800, 1500 va 3000 metrga yugurish,  60 metr masofaga to‘siqlar osha yugirish va estafeta 4x400,  langar cho‘p bilan sakrash,  uch hadlab, balandlikka va uzunlikka sakrash, yadro uloqtirish, ko‘p kurash (erkaklar ettikurash, ayollar beshkurash) bo‘yicha bahslar o‘tkaziladi.

 

Osiyo chempionatda mamlakatimiz sharafini himoya qiladigan 10 nafar atletlar bilan tanishing:

Sergey Dementev  Yadro

Grigoriy Kamulya  Yadro

Dmitriy Melsitov  Balandlik

Javohir Noriev  Uzunlik va uch hadlab

Nadiya Dusanova  Balandlik

Safina Sa’dullaeva  Balandlik

Roksana Xudoyarova  Uzunlik va uch hadlab

Elena Smolyanova  Yadro

Nigina Sharipova  60 m yugurish.

Aleksandra Yurkevskaya  beshkurash

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!