Eng kuchli atletlarimiz saralandi

CHERY AUTO

Poytaxtimizda engil atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati yakunlandi.

Tecno
Chempionatda 300ga yaqin atletlar bosqon , disk, yadro va nayza uloqtirish, uzunlikka va balandlikka sakrash bo‘yicha o‘zaro raqobatlashdi.
 
Musobaqaning bosqon uloqtirish bahslarida Suxrob Xodjaev, Elbek Abdusalomov, Umid Hasanov, Ayubxon Fayozov, Anastasiya Asladina,Tatyana Normatova, Regina Adashboeva, Kamola O‘ktamova o‘z yosh toifalarida g‘olibilkni qo‘lga kiritdi.

Disk uloqtirishda o‘g‘ir bolalar o‘rtasida Jahongir Hakimov, Svetlana Proshkina, Munisa Rejepova, Regina Adashboaeva, Shahrizoda Yusufova shohsupaning birinchi pog‘onasidan joy egalladi. 

Yadro uloqtirish bahslarida Sergey Dementev, Svetlana Proshkina, o‘z yosh toifalarida mamlakat chempioniga aylandi.

Uzunlikka va balandlikka sakrash bo‘yicha o‘tgan bahslarda Timur Xusnulin va Olga Tsmeyrek,  Doniyor G‘aniev va  Alina Yablokova oltin medal sohibi bo‘ldi. 

Chempionatning nayza uloqtirish bellashuvlarida  Aleksandr Svechnikov, Akim Dementev, Islom Sobirjonov, Toir Mambetov, Sanobar Erkinova, Nargiza Qo‘chqorova, Kumush Rahmatova, O‘g‘iloy Norboeva birinchi bo‘ldi.
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!