
Emeri Mustafidan norozi
The Telegraph xabariga ko‘ra, Unai Emeri germaniyalik futbolchining harakatlaridan qoniqish hosil qilmayapti va uni yozda transferga qo‘yishni istamoqda.
Ilgariroq "to‘pchilar" yozgi transfer bozorida yangi futbolchi harid qilish uchun 51 mln evro ajratgani borasida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Mustafi 2016 yil "Valensiya"dan 40 mln evro evaziga Londonga ko‘chib o‘tgan edi. Joriy yilgi mavsumda 26 yoshli futbolchi Angliya Premer-ligasida 21 bahsda ishtirok etdi va 2 ta gol kiritib, 6 bor hakamlar tomonidan ogohlantirildi.
Fikrlar