
Emeri: Bir kun kelib mag‘lub bo‘lamiz
"Arsenal" klubi bosh murabbiyi Unai Emeri Evropa ligasi doirasida "Sporting"ga qarshi uchrashuv natijalari (1:0) bo‘yicha o‘z fikrini bildirdi.
- Men o‘z ishimdan va mehnatimdan qoniqyapman. Tan olish lozim, har bir uchrashuv biz uchun juda qiyin kechmoqda. Tarixdan ma’lumki, "Arsenal" hamma vaqt mushkul vaziyatlarni o‘z boshidan o‘tkazadi.
G‘alabali sariyani davom ettirishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz, biroq bir kun kelib mag‘lubiyatga uchrashimiz ham mumkin. Xozirda, bahslarning birinchi bo‘limida faolroq ishtirok etishni yo‘lga qo‘yishimiz darkor, - dedi Emeri.
Fikrlar