
Elina Svitolinaning o‘yini qovushmadi
Ukrainalik Elina Svitolina va belaruslik Aleksandra Sosnovich Brisben shahrida o‘tayotgan musobaqada o‘zaro to‘qnash keldi.
Ular o‘rtasidagi ushbu uchrashuvda Elina kutilmaganda 4:6, 6:0, 3:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi va musobaqani tark etdi.
Endi "Brisbane International" turnirining chorak finalida Sosnovich xorvatiyalik Donna Vekichga qarshi raqobatlashadi.
Fikrlar