
El Yakvinta: Konor puli ko‘payganidan so‘ng o‘zidamas
UFC engil vazn toifasida faoliyat olib boradigan El Yakvinta (14-4-1) Konor MakGregor (21-4) haqida o‘z fikrini bildirdi.
- Bir necha yil oldin men Konorning muxlisi edim, biroq u vaqt o‘tgan sayin o‘zgardi. Mening ko‘zimda, u maqsad sari olg‘a boradigan va shu sport turi, raqiblarini hurmat qiluvchi inson edi. Ammo MakGregor maqsadiga etib, katta daromad topganidan so‘ng butunlay o‘zgardi.
Tan olish lozim, Konor muxlislarning va OAVning e’tiborini torta oladi. O‘sha avtobusda hech nimani tushunmaydigan UFC ishchilari, avtobus haydovchisi ham bor edi. Kimdir og‘ir jarohatlanishi mumkin edi, - dedi Yakvinta.
Fikrlar