
Dzyudo bo‘yicha Toshkent Gran-Pri musobaqasiga akkreditatsiya jarayoni boshlandi
Xabaringiz bor, 6-8 oktyabr kunlari Toshkent shahri dzyudo bo‘yicha Gran-Pri musobaqasiga mezbonlik qiladi. Ushbu turnirda dunyoning 20 davlatidan 200 nafardan ortiq sportchilar g‘oliblik uchun kurash olib borishadi.
Musobaqada har bir kategoriyada 4 nafardan dzyudochilarimiz ishtirok etadi.
Ayni damda mazkur musobaqa uchun akkreditatsiya jarayoni boshlangan. Turnirni yoritishni maqsad qilgan OAV xodimlari ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari yoki +998712414309 telefon raqamiga murojaat qilishlari mumkin.
Fikrlar