Draksler va Di Mariya PSJga shart qo‘yishdi

  • 20 mart, 2018, 23:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ yarim himoyachilari Yulian Draksler va Anxel Di Mariya jamoa rahbariyatiga shart qo‘yishdi. Bu haqda Le Parisien nashri xabar bermoqda.

Tecno

Unga ko‘ra germaniyalik va argentinalik futbolchilar jamoa safida faqat bitta shart bilan qolishlarini aytishgan. Ushbu ikki futbolchi mavsumlar oralig‘ida Unai Emerining jamoa boshqaruvidan ketishini talab qilishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq PSJ xo‘jayini Nosir Al-Xelaifi “Real” ustozi Zinedin Zidanni jamoaga olib kelish uchun uni dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi murabbiyiga aylantirishga tayyor ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!