
Diego Simeone: Filipe Luisning "Atletiko"dan ketishini xohlamayman
Madridning “Atletiko” klubi bosh murabbiyi Diego Simeone braziliyalik himoyachisi Filipe Luisni jamoada qolishini istayotganini aytdi.
“Men shuni aytishim mumkinki Filipe Luis biz uchun juda muhim futbolchi va buni uning o‘zi ham yaxshi biladi.
Ertangi o‘yinda u maydonga tushadi. Bu o‘yin biz uchun juda muhim. Shubhasiz, men Filipe Luisni jamoadan ketishini istamayman”, - deydi argentinalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq braziliyalik futbolchi klub rahbariyatidan o‘zini PSJna qo‘yib yuborishni so‘rayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, “Atletiko” ertaga La Liganing ilk turida “Valensiya” mehmoni bo‘ladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:00da boshlanadi.
Fikrlar