
Denisovning jamoasiga yangi murabbiy tayinlandi (FOTO)
Hamyurtimiz Vitaliy Denisov to‘p surayotgan Samaraning “Krilya Sovetov” klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra ushbu lavozimga chernogoriyalik mutaxassis Miodrag Bojovich tayinlangan.
Ma’lumot uchun, 50 yoshli Bojovich faoliyati davomida "Belgrad", "Konsadole Sapporo", "Borats", "Xayduk", "Pafos", "Buduchnost", "Grbal", "Amkar", "Moskvu", "Dinamo", "Rostov", "Lokomotiv", "Tsrvenu Zvezdu" va Tulaning "Arsenal" klublarida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, “Krilya Sovetov”ning amaldagi bosh murabbiyi Andrey Tixonov bugun iste’foga chiqrilgan edi.
Fikrlar