
Denis Kudla Sidneydan ketdi
Amerikalik Denis Kudla kutilmaganda Sidneyda o‘tayotgan xalqaro turnirning birinchi davrasida mag‘lubiyatga uchradi.
Denis ilk bosqichda ispaniyalik Gilermo Garsiya-Lopesga qarshi kortga chiqdi. Ikki set davom etgan o‘yinda Gilermo 7:5, 6:4 hisobida g‘alaba qozondi.
Endi "Sydney International" musobaqasining ikkinchi davrasida Garsiya-Lopes argentinalik Diego Shvartsmanni sinovdan o‘tkazadi.
Fikrlar