
Denis Istominning reytingi tushib bormoqda
Professional tennischilar uyushmasi - ATR jahon tennischilarining yangi reyting jadvalini e’lon qildi.
E’tiborlisi, reyting etakchisi o‘zgardi. Ispaniyalik Rafael Nadal yana tennis “toji”ga ega chiqdi. Shuningdek, bolgariyalik Grigor Dimitrov ham kuchli-10 likka kirishga muvaffaq bo‘ldi.
O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin esa bu safargi reytingda ikki pog‘ona pastladi va reytingning 85-pog‘onasidan joy egalladi.
Sanjar Fayziev 4, Temur Ismoilov esa 8 pog‘ona pastladi.
ATP reytingi. 21 avgust
1 (2). Rafael Nadal (Ispaniya) – 7645 ochko.
2 (1). Endi Marrey (Buyuk Britaniya) – 7150.
3 (3). Rodjer Federer (Shveytsariya) – 7145.
4 (4). Sten Vavrinka (Shveytsariya) – 5690.
5 (5). Novak Djokovich (Serbiya) – 5325.
6 (7). Aleksandr Zverev (Germaniya) — 4470.
7 (6). Marin Chilich (Xorvatiya) – 4155.
8 (8). Dominik Tim (Avstriya) — 4030.
9 (11). Grigor Dimitrov (Bolgariya) — 3710.
10 (9). Key Nisikori (Yaponiya) – 3285.
…
85 (82). Denis Istomin (O‘zbekiston) – 634
263 (259). Sanjar Fayziev (O‘zbekiston) – 196
538 (530). Temur Ismoilov (O‘zbekiston) – 60
946 (946). Jo‘rabek Karimov (O‘zbekiston) – 13
961 (1027). Xumoyun Sultonov (O‘zbekiston) – 12
1029 (1030). Pavel Tsoy (O‘zbekiston) – 10
1030T (1029). Sergey Fomin (O‘zbekiston) – 10.
1078 (1078). Saida`lo Saidkarimov (O‘zbekiston) – 9
1613T (1614). Sharobiddin Abzalov (O‘zbekiston) – 2
1663T (1667). Shonig‘mat Shofayziev (O‘zbekiston) – 2
1777T (1776). Botir Sapaev (O‘zbekiston) - 1
Fikrlar