Denis Istominga teng keladigan yo‘q

  • 6 oktabr, 2018, 12:52
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Qozog‘istonda o‘tgan "Challenger" musobaqasida bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

Tecno

Turnirning so‘nggi hal qiluvchi final uchrashuvida Denis serbiyalik Nikola Miloevichga qarshi o‘yin o‘tkazdi. Ushbu bellashuvning birinchi setida tennischimiz tay-brekda imkoniyatni boy berib qo‘ydi. 

Biroq keskin va murosasiz o‘tgan ikkinchi setda, Istomin raqibini tay-brekda engdi. So‘nggi hal qiluvchi uchinchi setda esa 6:2 hisobida zafar quchdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!