
Davronbek Sattorovdan medal kutamiz!
Musobaqaning so‘nggi kunida og‘ir vaznli dzyudo ustalari tatamiga chiqadi. Bugungi bellashuvlarda mamlakatimiz sharafini Grap-pri turniri va jahon kubogi musobaqasi sovrindori Davronbek Sattorov himoya qiladi.
Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi halqaro turnirda dunyoning 30 dan ziyod mamlakatidan 200 nafarga yaqin dzyudochi ishtirok etmoqda.
Og‘irligi 90 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar bellashuvida qatnashadigan Davronbek Sattorov birinchi uchrashuvini Evropa kubogi g‘olibi estoniyalik Mattias Kuusikka qarshi o‘tkazadi.
Uchrashuv natijalarini SPORTS.uz axborot portalida kuzatib boring.
Fikrlar