
Daniya terma jamoasi xavbeki La Liga klubiga ko‘chib o‘tdi (FOTO)
Daniyaning “Nordshelland” klubi markaziy yarim himoyachisi Matias Yensen faoliyatini “Selta”da davom ettiradigan bo‘ldi.
ElDesmarque nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 22 yoshli daniyalik futbolchi yangi jamoasi bilan 5 yillik shartnoma imzolagan. “Selta” esa uning transferi uchun 6,7 million evro sarflagan.
Ma’lumot uchun, Yensen o‘tgan mavsum Daniya chemppionatida jami 35ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 12ta gol hamda 10ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan. U shuningdek Daniya terma jamoasi safida JCh-2018 musobaqasida ham ishtirok etdi.
Fikrlar