
Chicharito Ispaniyaga qaytishi mumkin
Angliyaning “Vest Xem” klubi hujumchisi Xaver Ernandes (Chicharito) qishda boshqa jamoaga o‘tishi mumkin.
Meksikalik futbolchiga ayni damda Ispaniyaning “Valensiya” va “Real Sosedad” klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Avvalroq u yaqin vaqt ichida jamoani tark etishi mumkinligi haqida aytgan edi. Bu mavsum “Real” sobiq futbolchisi APLda 10 o‘yinda 3 golga mualliflik qilgan.
Fikrlar