
Chempionlar ligasining o‘tgan mavsum nominantlariga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
UEFA rasmiy sayti Chempionlar ligasining o‘tgan 2017/18 yilgi mavsumidagi o‘z pozitsiyasi bo‘yicha eng yaxshi futbolchilar nomiga da’vogarlar ro‘yxatini e’lon qildi:
Darvozabonlar: Alisson ("Roma", hozir "Liverpul"), Janluiji Buffon ("Yuventus", hozir PSJ), Keylor Navas ("Real");
Himoyachilar: Marselo, Serxio Ramos, Rafael Varan (hammasi - "Real");
Yarim himoyachilar: Kevin De Bryuyne ("Manchester Siti"), Toni Kroos, Luka Modrich (ikkalasi - "Real");
Hujumchilar: Lionel Messi ("Barselona"), Krishtianu Ronaldu ("Real", hozir "Yuventus"), Muhammad Saloh ("Liverpul").
G‘olib nomi esa 30 avgust kuni, ya’ni Chempionlar ligasining 2018/19 yilgi guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi vaqtida e’lon qilinadi.
Fikrlar