
Chempion muay taychimiz 9 aprel kuni tailandlik sportchi bilan kuch sinashadi
O‘zbekistonlik muay tay ustasi Mavlud Tifiev o‘zining navbatdagi jangini 9 aprel kuni Tailandda o‘tkazadi. 5 raund etib belgilangan professional jangda hamyurtimiz mezbon sportchiga qarshi ringga chiqishi kutilmoqda. Hozircha bu sportchining nomi oshkor qilinganicha yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, Mavlud Tifiev oldingi jangini 16 mart kuni tailandlik Yoktay Sorni ikkinchi raundda nokaut qilib, uchinchi marta jahon chempioni degan nomga sazovor bo‘lgan edi. Bu bilan u chempionatda eng kuchlilar safidan o‘rin olishga ham erishdi.
Fikrlar