
Chempion Qudratillo Abduqahhorov 22 mart kuni Toshkentga qaytib keladi
Xabaringiz bor, 17 mart kuni Malayziyaning Subang-Jaya shahrida tashkil etilgan professional boks kechasida engilmas bokschimiz Qudratillo Abduqahhorov ham ringga chiqib, g‘alaba qozongan edi.
Bokschimiz mazkur to‘qnashuvda vengriyalik Latslo Tozni ochkolar bo‘yicha mag‘lub etdi va egalik qilib kelayotgan “World Boxing Council Silver” chempionlik kamarini o‘zida saqlab qoldi.
Endi bokschimiz 22 mart kuni O‘zbekistonga qaytib keladi.
– Meni qo‘llab-quvvatlagan barcha muxlislarga va hamyurtlarimga o‘z minnatdorligimni bildiraman. Bu g‘alaba barchamizniki, butun O‘zbekistonniki, – deb yozadi Qudratillo Abduqahharov instagram sahifasida. – Endi nasib qilsa, WBC yo‘nalishining oltin kamariga harakat qilaman.
Shunday qilib, Qudratillo professional ringda mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirib, g‘alabalari sonini 14 taga etkazib oldi. U navbatdagi jangini 5 may kuni Toshkentda o‘tkazadi.
Fikrlar