
"Chelsi" futbolchisi La Liga klubiga ko‘chib o‘tdi (FOTO)
Ispaniyaning "Leganes" klubi "Chelsi" himoyachisi Kennet Omeruoni o‘z safiga qo‘shib olgani haqida e’lon qildi.
Unga ko‘ra La Liga ishtirokchisi 24 yoshli nigeriyalik futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan bir yilga ijaraga olgan.
Ma’lumot uchun, Kennet 2012 yildan buyon "Chelsi" a’zosi hisoblanadi. U o‘tgan davr mobaynida "Den Xaag", "Midlsbro", "Kasimpasha" va "Alanyaspor" kabi jamoalarda ijarada to‘p surgan. Nigeriya terma jamoasi safida esa 40ta o‘yinda ishtirok etgan.
Fikrlar