"Chelsi" Kovachichning transferi yuzasidan "Real"ga taklif yubordi

  • 4 avgust, 2018, 11:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Chelsi" klubi xorvatiyalik yarim himoyachi Mateo Kovachichning transferi borasida "Real"ga rasmiy taklif bilan chiqdi. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi nashrning yozishicha “aristokratlar” 24 yoshli futbolchi uchun “qirollik klubi”ga 60 mln evro taklif qilishgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Kovachich “Real”dan ketish istagi borligi va A Seriya jamoalariga o‘tishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ta’kidlash kerakki, unga ayni damda “Inter” va “Milan” klublaridan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!