"Bunyodkor" - "Lokomotiv" o‘rtasidagi final o‘yinidan so‘ng nima sababdan muxlislar maydonga tushib ketganligi sababi ma’lum bo‘ldi

  • 5 dekabr, 2017, 21:40
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha poytaxtimizdagi muhtasham “Bunyodkor” stadionida “Bunyodkor” hamda “Lokomotiv” jamoalari o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogi finali bo‘lib o‘tdi.

Tecno

Ushbu o‘yin muxlislarning katta qiziqishiga uchradi va 34 ming muxlisga mo‘ljallangan stadion ishqibozlar bilan to‘lib-toshdi va o‘yin so‘nggida maydonga muxlislar tushib kelgan edi. O‘FF matbuot xizmati esa bu borada maxsus bayonot bilan chiqdi.

“Ilk bora O‘zbekiston Kubogi finali oldidan o‘ziga xos shou uyushtirilib, stadionga yig‘ilgan muxlislar uchun O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi tomonidan haqiqiy bayram tashkil etildi.

Shou-dasturda o‘zbek estradasining taniqli vakillari – Shahzoda, Rayhon, “Ummon”, “Benom”, Shahriyor, Ruxshona kabi estrada yulduzlarining ishtiroki uchrashuv oldidan muxlislarga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi.

Shu yilning 25 noyabr kuni Yaponiyaning Saytama shahrida OChL finali bo‘lib o‘tgan va bu final uchrashuvini PFL bosh direktori Omon G‘ofurov bevosita stadiondan kuzatib borgan edi. Omon G‘ofurov OChL finali kabi nufuzli musobaqalarni tashkil etish tajribasini o‘rganib, bu tajribani yurtimizda ham qo‘llash maqsadida O‘zbekiston Kubogi finalini katta shou tariqasida o‘tkazishga qaror qilindi.

Muxlislarni stadionda xursand qilish maqsadida O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi tomonidan koptok va sharflar sovg‘a tariqasida tarqatildi. Muxlislarning emotsiyalarga berilib, o‘yin yakuniga etganidan so‘ng “Lokomotiv” klubi futbolchilarini tabriklash maqsadida maydonga chiqib ketishi kabi vaziyatlar futboli rivojlangan davlatlarda ham uchrab turadigan holat hisoblanadi”, - deyiladi bayonotda.

Unda ta’kidlanishicha, OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa ushbu o‘yinni bevosita stadiondan kuzatib bordi va finaldan katta taassurot oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!