
Bundesliga. "Borussiya" Dortmund o‘z maydonida "Ayntraxt"ni engdi va peshqadam bo‘lib oldi
Kecha shuningdek Germaniya Bundesligasida ham navbatdagi tur uchrashuvlari boshlandi.
3-turning ilk uchrashuvi Dortmundda "Borussiya" hamda "Ayntraxt" klublari o‘rtasida kechdi. Qiziqarli va gollarga boy kechgan o‘yinda 3:1 hisobida maydon egalari g‘alaba qozonishdi. Shu tariqa o‘z ochkolarini 7taga etkazib olgan dortmundliklar musobaqa jadvalida hozircha 1-o‘ringa ko‘tarilib olishdi.
"Borussiya D" – "Ayntraxt" - 3:1
Gollar: Diallo, 36 - 1:0, Aller, 68 - 1:1, Volf, 72 - 2:1, Pako Alkaser, 88 - 3:1.
"Borussiya D": Byurki, Akandji, Shmeltser, Piщek, Diallo, Volf, Dileyni (Vitsel, 69), Roys, Daud, Bruun Larsen (Sancho, 58), Filipp (Pako Alkaser, 67).
"Ayntraxt": Trapp, Falett, Ndika, da Koshta, Abraam, Torro (Myuller, 84), Fernandes (de Guzman, 63), Gachinovich, Fabian (Yovich, 63), Kostich, Aller.
Fikrlar