
Bugun futzal bo‘yicha O‘zbekiston kubogi finali bo‘lib o‘tadi
Bugun, 3 martda futzal bo‘yicha XXI O‘zbekiston kubogining final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Hal qiluvchi bahsda Toshkentning "Ardus" va Olmaliqning "Olmaliq" jamoalari o‘zaro g‘oliblik uchun bellashadilar.
Bugungi final qarama-qarshiligi 18:00da "O‘zbekiston" sport majmuasida start oladi. Uchrashuv Sport telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi.
Barcha muxlislarni "O‘zbekiston" sport majmuasiga taklif etib qolamiz. Arenaga kirish bepul.
Fikrlar