Bugun Sabina Sharipova rossiyalik tennischiga qarshi kortga chiqadi
Rossiya poytaxti Moskva shahrida tennis bo‘yicha "VTB Kreml kubogi" musobaqasining ayollar o‘rtasidagi bahslarda bugun saralash uchrashuvlarining yarim finali o‘tkaziladi.
"Premier" turkumiga kiruvchi sovrin jamg‘armasi 932,866 AQSh dollari bo‘lgan mazkur turnirda mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina Sharipova rossiyalik Vitaliya Dyachenkoga qarshi kortga chiqadi.
Final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan mazkur o‘yin Toshkent vaqti bilan 15:15 dan so‘ng o‘tishi rejalashtirilgan.


Fikrlar