Bugun Byorndalenning faoliyatida so‘nggi poyga bo‘lishi mumkin

CHERY AUTO

Bugun Finlyandiyaning Kontiolaxti shahrida biatlon bo‘yicha jahon kubogining navbatdagi bosqichiga yakun yasaladi. So‘nggi kun dasturida erkaklar va ayollar o‘rtasida mass-start poygasi bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Tecno

Toshkent vaqti bilan 17:40 da start oladigan erkaklar o‘rtasidagi poyga ko‘pchilikning diqqat-markazida bo‘lishi shubhasi. Negaki bu poyga afsonaviy Ule-Eynar Byorndalen uchun faoliyatidagi so‘nggi start bo‘lish ehtimoli yo‘q emas.

Norvegiya terma jamoasi murabbiy shtabi “professor” bu gal kuchli o‘nlikka kira olmasa, o‘z yurtlarida o‘tadigan bosqichda ishtirok etmasligi mumkiniligini aytishgan. Shu nuqtai nazardan 44 yoshli Byordalen bugun bor kuch-g‘ayratini ishga solishi, shubhasiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!