
Bugun Bundesliga karvoni yo‘lga chiqadi, amaldagi chempion ilk turda "Xoffenxaym"ni qabul qiladi
Bugun Evropaning kuchli beshlik chempionatlariga kiruvchi so‘nggi chempionat – Germaniya Bundesligasida ham yangi mavsumga start beriladi.
Musobaqaning amaldagi chempioni hisoblangan Myunxenning “Bavariya” klubi ilk turni o‘z maydonida o‘tgan mavsum bronza medallarini qo‘lga kiritgan “Xoffenxaym”ga qarshi o‘tkazadi.
Aytish kerakki, ushbu jamoalar hozirgacha o‘zaro 20 marta to‘qnash kelishgan. Shularning 13tasida “Bavariya”ning qo‘li balan kelgan bo‘lsa, 2ta bahsda “Xoffenxaym” zafar quchgan, qolgan 5ta o‘yin esa durang bilan yakun topgan.
O‘tgan mavsum “Bavariya” o‘z maydonida 5:2 hisobida g‘alaba qozongan, biroq, safarda 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergan.
Quyida har ikkala jamoaning bugungi bahsni asosiy tarkibda boshlashi mumkin bo‘lgan futbolchilarning taxminiy tarkibi bilan tanishib olishingiz mumkin:
"Bavariya" – "Xoffenxaym"
Stadion: "Alyants Arena"
Boshlanish vaqti: 23:30
Bosh hakam: Bastian Dankert
"Bavariya": Noyer, Alaba, Zyule, Xummels, Kimmix, Martines, Riberi, Alkantara, Myuller, Robben, Levandovski.
"Xoffenxaym": Baumann, Nuchu, Vog, Bichakchich, Kaderjabek, Tsuber, Grillich, Bittenkurt, Shults, Jelinton, Kramarich.
Fikrlar