Bu mavsum "Lokomotiv"ning uy o‘yinlariga 68 mingdan ziyod muxlis keldi

  • 7 dekabr, 2018, 20:27
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida ramazon oyi vaqtida bepul eguliklar tarqatildi, namoz o‘qishlari uchun shart-sharoitlar yaratildi. Shuningdek, butun bir mavsum davomida tomoshabinlar uchun turlicha aktsiyalar o‘tkazildi.

Tecno

Shu boisdan bu mavsumda "Lokomotiv"ning uy o‘yinlariga muxlislarning tashrifi yanada ko‘paydi.

"Lokomotiv" bu mavsumda o‘z maydonida 15, "Milliy" stadionida esa 1 uy o‘yinini o‘tkazdi.

Ushbu bahslarga 68234 tomoshabin tashrif buyurdi. "Temiryo‘lchilar" mezbonligidagi eng ko‘p muxlis 1-bosqichda "Milliy" stadionida "Paxtakor"ga qarshi bahsda qayd etildi - 19100.

Aksincha, 2-bosqichdagi "Buxoro"ga qarshi o‘yinga eng kam tomoshabin tashrif buyurdi - 951.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!