
"Bordo" futbolchisi "Roma"ni emas "Barselona"ni tanladi
"Bordo" klubi yarim himoyachisi Malkom faoliyatini "Barselona"da davom etiradi.
Italiya OAVning xabar berishicha, "ko‘k-anor ranglilar" braziliyalikning transferni narxi va uning maoshi bo‘yicha muzokaralarni yakunlashga yaqin turishibdi.
"Barsa" Malkom uchun 41 million evro to‘laydi va u bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi.
Avvalroq xabar berganimizdek, 21 yoshli xavbek kecha Rimga "Roma" safiga qo‘shilishi kerak edi, biroq "Barsa" ushbu kelishuvni yo‘qqa chiqardi.
Fikrlar