
Bilasizmi? So‘nggi 32 yildan buyon JCh mezbonlari chorak finalda mag‘lub bo‘lishmayapti
Xabaringiz bor yana sanoqli daqiqalardan so‘ng Sochidagi “Fisht” stadionida JCh-2018ning chorak finalidan o‘rin olgan Rossiya hamda Xorvatiya terma jamoalari o‘rtasidagi bahs start oladi.
E’tiborli jihati shundaki, so‘nggi 32 yildan buyon jahon chempionati mezbonlari chorak finalda mag‘lub bo‘lmay kelishmoqda. Ushba an’anani rossiyalik futbolchilar davom ettira olishadimi yoki yo‘q, bunga bir necha soatlardan so‘ng javob olamiz.
Fikrlar