
"Betis" o‘z safini "Tottenxem" hujumchisi bilan kuchaytirmoqchi
Ispaniyaning "Betis" klubi "Tottenxem" hujumchisi Vinsent Yanssenni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Sky Sports tarqatgan xabarga ko‘ra sevilyaliklar bu borada “shporlar” bilan muzokaralarni boshlab yuborishgan. Unga ko‘ra londonliklar 24 yoshli gollandiyalik futbolchining transferini 17 mln evroga baholashmoqda.
Ta’kidlash kerakki Yanssen “Tottenxem” bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoning rejalariga kirmaydi va shu sababli ham u joriy mavsum birorta ham o‘yinda ishtirok etmadi.
Ma’lumot uchun, “Tottenxem” Yanssenni 2016 yil “AZ Alkmar” klubidan 22,1 mln evroga xarid qilgan edi. U o‘tgan davr mobaynida jami 39ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 6ta gol urishga erishdi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq "Betis" PSJdan Xeseni o‘z safiga qo‘shib olgan edi.
Fikrlar